|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                 Yangiliklar


   Microsoft kompaniyasi bilan bitim...


O'zA, Viktor Nikolayev - Toshkentda O'zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi (O'zbekiston IT assotsiatsiyasi) bilan Microsoft kompaniyasi o'rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. Hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan ko'zlangan maqsad O'zbekistonda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga ko'maklashish, yuqori sifatli axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida jamoat, davlat hamda tijorat tuzilmalari o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlashdan iborat.
   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish choralari belgilangan. Bunday choralar xorijlik sheriklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish va shu yo'l bilan O'zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga integratsiyalashuvini tezlashtirish imkonini beradi.
   Tadbirda ta'kidlanganidek, bugun O'zbekiston axborot texnologiyalari bozoridagi muhim vazifalardan biri - dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish borasida o'zaro kelishilgan va samarali siyosatni amalga oshirishdir. Tomonlar o'zaro ekspert va maslahat yordami ko'rsatishdan tashqari, assotsiatsiya a'zolari uchun Microsoft texnologiyalari bo'yicha o'quv dasturlarini amalga oshirish hamda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu borada Microsoft korporatsiyasining "elektron hukumat"ni tashkil etish bilan bog'liq tajribasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
   Imzolangan hujjat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va uning jahon axborot makoniga integratsiyalashuvini jadallashtirishga yordam beradi. U O'zbekiston kompaniyalarining ta'lim, davlat boshqaruvi sohalarida hamda mahalliy dasturiy ta'minot bozorida keng ko'lamli qo'shma loyihalarda ishtirok etishini ko'zda tutadi.
   O'zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Ilhom Abdullayev qabul qilingan memorandum xalqaro axborot texnologiyalari bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyalar, jumladan, Microsoft kompaniyasining O'zbekistonda biznesni rivojlantirishga qiziqishidan darak berishini ta'kidladi. Bunda gap nafaqat tijoriy manfaat, balki O'zbekistonda axborot jamiyatini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikda faoliyat yuritish xususida bormoqda. O'zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda Microsoft kompaniyasining Toshkentda Elektron boshqaruv bo'yicha vakolat markazini tashkil etish borasidagi sherikligi muhim yo'nalishlardan biri hisoblanadi.
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz