|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                 Bosh sahifa


  Amerikada bepul o'qish mumkinmi?


   Amerikada ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Astoydil harakat qilib, nufuzli oliy o'quv yurtida bepul o'qish mumkin.
   Dastlab, barcha ishlarni yig'ishtirib qo'yib, haftaning muayyan kunlarini faqat Internetda o'tirib, scholarship, ya'ni stipendiya qidirishni boshlang.
Modomiki, biz O'zbekiston, boringki, kengroq olib qaralganda, Markaziy Osiyo fuqarolari uchun mo'ljallangan scholarshiplar haqida fikr yuritayotgan ekanmiz, qidiruv tizimiga "Scholarships for international students in US" so'zlarini kiritamiz.
Ekranda paydo bo'lgan ayrim scholarshiplarda to'xtalaylik. Rotary Club, ya'ni Rotari Klubi.
Xayriya ishlari bilan tanilgan saxovatpesha biznesmenlar assotsiasiyasi. Tashkilot o'qish pulini qisman yoki butunlay qoplashi mumkin.
Biroq Rotari Klub va qator boshqa xayriya tashkilotlari faqat o'zining vakolatxonasi bor mamlakatlar fuqarolariga moliyaviy yordam ajratadi.
Markaziy Osiyoda faqat Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston fuqarolari Rotari Klubidan yordam so'rashi mumkin. Xo'sh, O'zbekiston fuqarolari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Ro'yxatga ko'z yugurtirib, Soros jamg'armasida to'xtalamiz.
    Garchi jamg'arma O'zbekistondagi faoliyatini to'xtatgan bo'lsada, ayrim yo'nalishlar bo'yicha Soros o'zbekistonlik yoshlar va tashkilotlarga moliyaviy ko'mak berishda davom etmoqda.
Sizdan talab qilinadigan narsa, moliyaviy yordam beradigan jamg'arma, tashkilot yoki uyushma rasmiylarini aynan siz shu mukofotga loyiq ekaningizga, ulkan iste'dod va iroda egasi ekaningizga ishontira olish. Bundan tashqari AQSh Davlat departamentining bir necha dasturlari e'tiborga loyiq: Muskie, Humphrey Fellowship, Fulbright shular jumlasidan.
Biroq Vashington San'at Instituti rasmiysi Alisa Maklellan talabalarga puxtaroq tayyorlanishni maslahat beradi. Moliyaviy yordamga da'vogar talabalar juda ko'p va ular g'oyat qobiliyatli ekanini unutmaslik lozim, deydi u. Alisa Maklellan scholarship izlayotgan chet ellik talabalarga www.nafsa.org sahifasiga murojaat qilishni taklif qiladi. Bu mavzuga doir ko'p foydali ma'lumotni elchixonalar va kutubxonalardan topish mumkin, deydi u.
   Bakalavrlik darajasini olish uchun bir yillik o'qish narhi taxminan 32 ming dollardan iborat Vashington San'at institutida dizayn, fotografiya, moda, animatsiya, kinematograf kabi ixtisosliklarni o'rganish mumkin.
   Stipendiyalar mavzusiga qaytsak. Buning yana bir yaxshi yo'li - bankdan kredit olish. Albatta uni keyin yillar davomida to'lab borish kerak bo'ladi. Biroq o'qish uchun beriladigan kreditlarning foizi nisbatan kam.
Bundan tashqari, biroz moliyaviy qiyinchilikka dosh berib, evaziga talaba yaxshi bilim va ixtisoslikni qo'lga kiritadi. Dunyoning istalgan nuqtasida oliy ma'lumotli mutaxassislar o'qimagan odamlarga qaraganda ancha ko'p pul topishini yoddan chiqarmaslik lozim.
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz