|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                 Yangiliklar


   AQShda chet ellik talabalar faoliyati doimiy kuzatuv ostida.


   Toshkentdagi universitetda o'qib yurgan paytlarimizda yil bo'yi darslarga onda-sonda kiradigan ba'zi talabalar sessiya yaqinlashgach, tez-tez ko'rinish beradigan bo'lib qolishar edi. Qizig'i shundaki, to'rt yilni universitet korridorlari va oshxonasida o'tkazgan ana shu talabalar qolganlar bilan bir qatorda bakalavrlik diplomini qo'ltiqlab, bilim dargohini tark etdilar.
   Amerika Qo'shma Shtatlaridagi universitet va kollejlarda bu borada qanday tartib mavjud? Amerikada chet ellik talabalar va almashinuv dasturi qatnashchilari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yagona tizim mavjud. U Student and Exchange Visitor Information System (SEVIS) deb ataladi. Ayni damda Amerikada 770 mingdan ziyod xorijlik talaba bor. Hukumat ularning darsga qatnashi, baholari va darsdan tashqari bilan bilan shug'ullanayotganini tekshirib boradi.
   Har bir universitet o'z dargohidagi chet ellik talabalar haqida batafsil axborotni mana shu tizimga yuboradi. Universitet talabaning darsga qatnashish-qatnashmayotgani haqida ham tizim rasmiylarini boxabar qilishi lozim. Bu ma'lumot o'z navbatida Muxojirlik va Boj Boshqarmasiga jo'natiladi. Chet ellik talaba AQSh universitetini tamomlagach, bu informatsiya ham tizimga kiritiladi. AQShda 2005 yilda huquq-tartibot rasmiylari darslarga qatnashmasdan, o'qishdan haydalgan 600 nafar chet ellik talabani hibsga olgan. SEVIS tizimi ma'lumotiga muvofiq, ayni damda Amerikada 770 mingdan ziyod xorijlik talaba va almashinuv dasturi ishtirokchisi bor.
   2004 yildan e'tiboran, Qo'shma shtatlarga kelgan har bir xorijlik talaba va almashinuv dasturi qatnashchisi SEVIS tizimi uchun 100 dollar haq to'lay boshladi. SEVIS tizimini yaratishdan maqsad nima edi? 1993 yilda Nyu-Yorkda Jahon Savdo Markazi birinchi bor portlatilganida AQShga talaba vizasi bilan kelganlar ayblangan edi. Ularning Amerikaga o'qiyman deb kelib, keyinchalik terrorchilarga qo'shilib ketgani aniqlangan. 2001 yilning 11 sentyabr voqealaridan keyin esa bu tizimiga ahamiyat yanada kuchaydi.
   SEVIS haqidagi ma'lumotlar quyidagi manzilda bayon etilgan:
www.ice.gov
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz