|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                 Yangiliklar


BLOGOSFERA NOOSFERAGA NAQLIY BLOK BO'LSIN.

Maqolada blog tushunchasi va etimologiyasi, bloglarning xususiyatlari, turlari va texnik asosi, blogosferaning buguni hamda kelajagi xususida so'z yuritiladi. Biosfera evolyutsiyasi va noosfera Biosfera - Yerning tirik organizmlar (hayot) mavjud bo'lgan sirtqi qobig'i. U atmosferaning ozon qatlamigacha bo'lgan pastki qismi (troposfera, 25-30 km), butun gidrosfera (daryo, dengiz, okeanlar) hamda yer qobig'ining ustki qismi (litosfera)ni o'z ichiga oladi. Biosfera to'g'risidagi ta'limot rus olimi V.I.Vernadskiy (1864.28.2-1945.6.1) tomonidan ishlab chiqilgan (1926 y.). U biosfera o'z evolyutsiyasi davomida yangi sifat holati - noosfera (aql-idrok sferasi)ga o'tishi tabiiy jarayon degan muhim xulosani bildirgan. Olim geoximik jarayonlarga inson ongi va jamoaviy aql-idrokning ta'siri tobora ortayotganligini ta'kidlab, o'z ta'limotida "noosferani yaratadigan asosiy geologik kuch ilmiy bilimlarning ortishida" ekanligini birinchi bo'lib asoslab bergan. Mutaxassislar fikricha, jarayon uch bosqichda kuzatiladi: biotexnosfera, nootexnosfera va nookosmosfera. Hozirda biotexnosferaning shakllanishi tugallanish arafasida. Nootexnosferaning farqlovchi xususiyati shundaki, insonning geologik faoliyati to'laligicha ilmiy-texnikaviy tafakkur yutuqlari bilan boshqariladi. Ilmiy tafakkur sayyoraviy voqelikga aylanadi. Nookosmosfera bosqichida esa ilmiy g'oya samoviy voqea tusini oladi. Kosmonavtika, aloqa vositalari va axborot texnologiyalarining rivojlanish sur'ati, yangi turdagi energiyaning yaratilishi ilmiy g'oyalarning sayyoradan tashqariga chiqib ketishi uchun sharoit hozirlaydi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va boshqalarning jamiyat a'zolariga ta'sir kuchi "to'rtinchi hokimiyat" nomini olgani ko'pchilikka ayon. U hokimiyatni keng omma bilan va xalqni hokimiyat bilan bog'lashining samarali vositasi deb e'tirof etilmoqda. Ayni chog'da unga xalqqa huquqiy, ilmiy, siyosiy, axloqiy, ma'naviy ma'rifat tarqatishning zaruriy vositasi va sharqona demokratiya minbari sifatida qaralmoqda. Xo'sh, blog o'zi nima? U oddiy kundalikmi, saytmi, ommaviy axborot vositasimi? Bu kabi savollarga aniq va qisqa javob topish oson emas. Negaki, qarashlar, fikrlar turlicha, ayni chog'da ta'riflar ham ko'p. Shu o'rinda bir gap. Hazrat Alisher Navoiy "Ko'rlar va fil hikoyati"da ta'kidlaganidek, aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmaganlarning so'zlari to'g'ri bo'lsa-da, barchasi nuqsonli bo'lib, ularda tartib mavjud emas edi. Lekin, filbonlik sohasida hindistonlik yetuk donishmandning fikricha, aytilgan barcha sifatlar jamlansa, fil to'g'risida muayyan tasavvur paydo bo'ladi. Falsafiy hikoyat xulosasi ham serqirra, ham ta'sirchan: kishi ma'rifatli bo'lmog'i va doimo mukammal bilim olmog'i darkor. Etimologiyasi. "Blog" so'zining etimologiyasi: web log (1997) -> wee-blog (1999) -> blog. "Web log"ning so'zma-so'z tarjimasi "veb-yozuv". U kundalik voqea (hodisa) yoki faoliyat yozuvlari ma'nosini anglatadi. Ko'pgina manbalarda qayd etilishicha, WWW xizmatining ixtirochisi Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan 1992 yil yaratilgan dastlabki web-sahifa retrospektiv jihatdan birinchi blog deb hisoblanadi. Bloglarning keng tarqalishi 1996 yildan boshlangan. 1999 yil Pyra Labs (San-Fransisko) kompyuter kompaniyasi "Blogger" sayti orqali ilk bor bepul blog xizmati ko'rsatishni boshlagan. Keyinchalik uni Google kompaniyasi sotib olgan. "Red Graphic Systems" kompaniyasi a'zolari rus tilidagi dastlabki korporativ blog (http://blog.redgraphic.ru) mualliflaridir. Manbalarda qayd etilgan ta'riflar turlicha. Mana ularning ayrimlari: Blog (inglizcha "web log"dan blog - "virtual tarmoq jurnali yoki voqea-hodisalar kundaligi") - tarkibi (kontenti)ning asosini muntazam qo'shib boriladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimedialar tashkil qiluvchi web-saytdir [Vikipediya]; Blog - bir yoki bir necha mualliflarning tarmoq kundaligi bo'lib, undagi yozuvlar teskari xronologik tartibda jamlangan [Yandeks]. Axborotlar asrida yutuqlar bisyor, biroq muammolar kam emas. "Raqamli tengsizlik" baralla bo'y ko'rsatib turgan bu zamonda "Internet-bog'liqlik" kasali tobora xuruj olayotgani ham sir emas. Bir tomonda "informatsion portlash", ayni chog'da "informatsion ochlik". Binobarin, har bir mamlakatda elektron va Internet nashrlarni yagona tizim, aniqrog'i "Kitob raqamlashning xalqaro standarti" (ISDN - International Standart Book Number) asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Negaki, u virtual olamdagi barcha ma'lumotlar bazasi (banki) va axborot resurslarini tartibga solish, tasniflash, ulardan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, nashriy asarlar va hujjatli materiallarni tasniflash xalqaro sistemasi hisoblanmish "universal o'nli tasniflash" (UDK - universalnaya desyatichnaya klassifikatsiya) borligini ham unutmaslik kerak. Bu sistema davlatlararo axborot almashuv jarayonida ham juda qulaydir. Kelajakda mo''jizaviy mamlakat (kibermakon)da yadro xavfsizligini ta'minlash, ekologik tanglik xavfini kamaytirish, terrorizm va diniy ekstremizm balosini daf qilishi kabi muammolar, axborot industriyasini "chiqitsiz texnologiya" asosida tashkil etish va rivojlantirish singari masalalar kun tartibida bo'lmas ehtimol.
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz