|
WEB SAHIFALAR FANLARARO ALOQADORLIK VOSITASI SIFATIDA
|
Global axborot tarmoqlarining keng tarqalib borishi bilan axborotlarga alohida munosabat hamda ulardan foydalanishga bo'lgan intilishlar ko'lami ham kengayib boradi. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish sababli rasmiy ta'lim tizimlaridagi ayrim komponentlar o'zining axborot ahamiyatini yo'qotadi.
Loyihalar metodi mana shu qarshiliklarni yo'qotishga mo'ljallangan, u zamonaviy axborot texnologiyalari asosida fanlararo bog'liqlikni yanada to'laroq amalga oshirish imkonini beradi. Ular har bir holatda bilimlarning yangi va an'anaviy manbalari o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib ishtirok etadi.
Loyihalarni bajarishda talabalarning o'z ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish mumkinligi va tengdoshlari hamda loyihaga rahbarlik qiluvchi pedagoglar orasida o'z mavqelariga ega bo'lish maqsadlarida alohida o'rin tutadi. Yangi bilimlarni o'zlashtirish va ularni loyiha shaklida - ushbu holatda web-sayt yaratish shaklida bilimlarni amalga oshirishga kuchli motivatsiya yuzaga keltiradi. Fanlararo bog'liqlikni amalga oshirish vositasi sifatida web-texnologiyalaridan foydalanish bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Ular orasida asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
o loyihani amalga oshirish imkoniyatlari bilan bog'liq texnik malakalar (web-resurslar yaratish uchun amaliy-dasturiy mahsulotlarni o'zlashtirish);
o loyiha mazmuni bilan bog'liq axborot muammolari;
o kompyuterdan foydalanish va internet resurslaridan foydalanish mavjudligi bilan bog'liq tashkiliy mashg'ulotlar.
Hozirgi kunda web-saytlar yaratish texnologiyasi yetarlicha ishlab chiqilgan, ularning elemetlari hatto ko'plab o'rta umumta'lim maktablari dasturlariga va darsliklariga kiritilgan. Aynan, mana shu informatika kursini o'rganishda ijodiy sinov topshiriqlari sifatida web-resurslar yaratish keng ommaviylashtiriliga sabab bo'ldi, biroq bunday amallarni bajarishda ajablanarli tomoni, birinchi o'ringa texnik qiyinchiliklar chiqmaydi. Axir ba'zi holatlarda talabalar yangi axborot texnologiyalarini pedagoglardan ham yaxshi o'zlashtirgan bo'ladilar. Birinchi o'ringa yaratilayotgan web-sahifalarning mazmunli, boshqa foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan axborotlar bilan to'ldirish masalalari chiqadi. Bu yerda pedagogning ahamiyati bilimlarni mexanik yetkazuvchi sifatida emas, balki induvidual yondashib, talabalarga qimmatli bo'lgan va qiziqish uyg'otadigan mavzuni ko'rsatib bera oluvchi murabbiy sifatida namoyon bo'ladi. Bunday yondashish talabalarning ijodiy imkoniyatlarini to'la ochib berishga xizmat qiluvchi shaxsga yo'naltirilgan ta'limni ta'minlaydi.
Shu sababli informatika o'qituvchisi oldida iloji boricha, maksimal tezlik va minimal xarajatlar bilan qulay jamoa bo'lib Internetdan foydalanishni ta'minlash muammosi turadi. Ushbu muammo "Internet maktabga" viloyat loyihasini amalga oshirilishi sababli hozirgi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Ko'pincha, ta'lim muassasasini Internetga ulangandan keyin tarmoqda ishlashni quyidagi usullardan birida tashkil qilinadi:
1. Ulanish modem ulangan bir kompyuterda amalga oshiriladi. Tarmoqning qolgan kompyuterlariga dasturlardan biri masalan, Netop School yoki Netmeeting dasturlaridan foydalanib, uzatish amalga oshiriladi.
2. Sahifalarni kompyuterga yozib olish va avtonom rejim uchun texnologiyalardan foydalaniladi ("Internetsiz internet").
3. Windows 2000 standart vositasidan, misol uchun shlyuz sifatida modemli kompyuterlardan foydalanib, Internetga jamoali ulanish sozlanadi.
O'quvchilar tomonidan yaratilayotgan
web-sahifalar dizayni masalasi alohida muhokama
qilishni talab etadi. Bir tomonidan mualliflarning
ijodiy fantaziyalarini cheklash kerak emas, boshqa
tomonidan esa pedagog odob bilan o'quvchilarning ijodkorlik
g'ayratlarini foydalanuvchilar uchun mos va qulay bo'lgan
shaklga yo'naltirishi mumkin.Bu talablarga ulkan ishlab chiqilmagan tasvirlar,
qulay bo'lmagan va yomon ishlab chiqilgan navigatsiya,
ko'zni qamashtiradigan ranglar hamda shriftlar mos
kelmagan birliklari, bir sayt alohida web-sahifalarini
shakllantirishga yagona yondoshishning yo'qligi bilan
erishish mumkin emas. Bunday loyihalarda tarmoq axborot
texnologiyalari asosida turli xil o'quv fanlarini va inson
faoliyati ko'rinishlarini birlashtirish mumkinligi, uning
o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun
"Internet juda ifloslangan va bola uchun salbiy yoki
zararli mazmundagi axborotlarga to'la" degan gap to'g'ri emas.
Ta'lim muassasalari xodimlari, olimlar ta'lim tizimi ehtiyoji
uchun zarur bo'lgan turli mazmundagi materiallar bilan
to'ldirishga qodir.
|
|
|
|
|