|
"Avesto" va "Qur'oni karim"da kimyo.
|
Jahondagi ko'pchilik mamlakatlar kabi O'zbekiston ham qadimgi va juda boy madaniy boylikka ega.
Mezolit (miloddan avvalgi 12-7-ming yilliklar) O'zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlarida qadimgi odamning fikrlari, o'ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo'llagani haqida ma`lumotlar ifodalanib, ular ma`dandan olingan ranglar yordamida tasvirga tushirilgan. Neolit (miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar) davrini sopol idishlar yasashni kashf etish bilan belgilaydilar. Eneolit-mis-tosh davri (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar). Avval gulhanga tushgan mis ma`danidan mis ajratilgan; undan ko'zgu, taqinchoq sifatida ishlatilgan, mis ma`danga qalay qo'shilganda bronza olinishi eng muhim kashfiyot hisoblanadi. Panjakent yaqinidagi Sarazmda metall erituvchi ustahona, miloddan avvalgi 3-2 mingyilliklarga doir bronza buyumlar va muhrlar topilgan. Sirdaryoning quyi oqimida Taqiskentda qabrlarni tekshirganda qabila boshlig'ida oltin buyumlar, oltin sirg'alar, urug' a`zolari qabrlarida esa mis taqinchoqlar topilgan.
Qadimgi manbaalarga murojaat etish ham kimyoning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini kengroq ochib berishga imkon beradi.
Shulardan "Avesto" kitobi tarixiy hazinaning eng boy, ajoyib va serqirra namunasidir. Bundan 2700 yil avval Zardusht ulomolar bilan birgalikda "Avesto"ni yaratdilar. O'sha davr shoxi Gushtast 21 Nask (kitob)dan iborat "Avesto"ni 12 ming xo'kiz terisidan yasalgan qog'ozga oltin suvi bilan ko'chirtirilib, o'z hazinasiga oladi. Bunday ma`lumotlar o'sha davrdagi kimyo sohasida noyob texnologiyalardan foydalanilganligidan darak beradi.
"Avesto"ni 12 ming xo'kiz terisidan yasalgan qog'ozga oltin suvi bilan ko'chirilganligi haqida "Tarihi Bal`amiy"da aniq ma`lumot mavjud. Makedoniyalik Aleksandr (Iskandar). Eronni bosib olgach, "Avesto"ning podsholar hazinasida saqlanayotgan eng nodir nusxalaridan o'ziga kerakli joylarini tarjima qildirib, qolganini yoqtirib yuboradi; hullas bizga qadar bu kitobning to'rtdan bir qismi saqlanib qolgan bo'lib, u 1278 yili ko'chirilgan.
"Avesto"ning Vendidod qismida turli mavzudagi parchalar, ilmiy, tarixiy, falsafiy, tibbiy tafsilotlar majmui yig'ilgan. Ayniqsa tabobatning nazariy va amaliy jihatlari, tabiatni harob qilmaslik, atrof-muhitni muhofaza qilish, turmush ozodaligi, shahsiy poklik va halollik, halol bilan haromning farqiga borish, butun jamiyatning gigiyenik holatining saqlash borasida qilinadigan ishlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar hususidagi fikrlar hamon qimmatini saqlab kelmoqda.
Sharqshunos Bahromiyning ta`kidlashicha, "Avesta"da mingdan ziyod dorivor o'simliklar, giyohlar ro'yhati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash usullari ko'rsatilgan. Dorilar ko'pincha shira, barg, gul, don, buta va giyoh ildizi, shirasidan, za`faron, koski, kunjut, ko'knori, hazarispand, zira, piyoz, sedana, qatron, nayshakar, turp, hurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do'lana kabi giyoh va o'simliklardan tayyorlangan. Jarrohlikda sharobga hum hamda nasha shirasi qo'shib, behush qilishda foydalanilgan "Oq hum barcha dorilarning podshosi" hisoblangan.
"Avesta"dagi tibbiy dalillar ajdodlarimiz tabobatga oid qarashlari Rim, Yunon va arab tabobatlaridan ko'hna va uzoq tarixga ega ekanligini ko'rsatadi.
1. Ahlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, qum bilan ko'mib tashlash, shu yo'l bilan mikroblar o'ldirilgan yoki kamaytirilgan.
2. Otash, issiqlik va sovuqlik ta`siri bilan yo'qotish.
3. Kimyoviy yol: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand-isiriq, mihak, fif, sadaf, piyoz, aloe, sandal) tutatish yo'li bilan bularning ko'pi hozir ham mikrobga qarshi ishlatiladi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, "Vendidod"da dunyodagi birinchi tabib Tiriti faoliyati ancha batafsil bayon qilingan.
Massagetlarning kamon o'qlarining uchi, harbiy boltalari misdan, bosh kiyimlari, qamarlari oltin bilan bezalgan, otlarining usti bargustivoni misdan to'qilgan deb yozgan Gerodot.
"Qur`oni Karim"dan satrlar va uning uchun temirni (hamirdan) yumshoq qilib qo'ydik. 34 .10
-Unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib quygan bo'lur edik 43-33
-Oltindan bo'lgan bilakuzuklar... 45.53.
-Ularga oltindan bo'lgan laganlarda taomlar... 43.71.
-Yana biz temirni yaratdik, unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. (Alloh g'oyibda bandalari ko'ziga ko'rinmasdan) turli- holida o'ziga va payg'ambarlariga (Alloh yo'lida jihod qilish bilan yordam beradigan kishilarni bilish uchun (temirni yaratdi).57.25.
-Ular (soflik va oqlikda) go'yoki yoqut va marjondirlar. 55.58, u kunda osmon eritilgan mis kabi bo'lib qolar. 70.8.
-Ular kumush bilakuzuklar bilan bezangandirlar 76.21.
-Kumush idishlar (da taomlar) va o'zi kumushdan (yasalgan bo'lsada, nafisligidan) shisha-shisha bo'lib ketgan qadahlarda sharbatlar aylantirilib turilur 76.15.16.
|
|
|
|