|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                 Universitet


O`zbek talabalari Xitoyda tahsil olishadi.

   Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Ijrochi kotibi Chjan Deguan Xitoyda ShHT yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.
   ShHTga a`zo mamlakatlar oliy o`quv yurtlari talabalari XXRda xitoy tilini bepul ravishda o`rganishini nazarda tutuvchi mazkur o`quv dasturiga Chjan Deguanning shaxsiy tashabbusi bilan asos solingan edi.
   "Jahon" AAning xabar qilishich, ShHTga a`zo mamlakatlar oliy o`quv yurtlari talabalari XXRda xitoy tilini bepul ravishda o`rganishini nazarda tutuvchi mazkur o`quv dasturiga Chjan Deguanning shaxsiy tashabbusi bilan asos solingan edi.
   Ta`lim maskani etib Shaansi provinsiyasidagi Sian universiteti tanlanganidan so`ng, ShHT kotibiyati diplomatik kanallar orqali a`zo mamlakatlarga tegishli taklifnomalarni jo`natdi. Yurtimiz vakillari sifatida Xitoyga O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutining to`rt nafar talabasi tahsil olish uchun keldi.
   O`zbekistonlik talabalar Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo`lishganda, ShHT Kotibiyatiga ham tashrif buyurishdi. Ularni bu yerda Chjan Deguan qabul qildi.
   - Ushbu dasturning yo`lga qo`yilishi bilan tashkilotimiz tarixida yangi sahifa ochilganiga aminman, - dedi ShHT kotibi. - Men bu o`quv dasturining kelajagi porloq ekaniga va sizlar yurtingiz ravnaqiga munosib hissa qo`shuvchi ajoyib mutaxassislar bo`lib yetishishingizga ishonaman.
   Vatandan olisda tahsil olish, yangi sharoitga moslashishni talab etadi, - deya ta`kidladi Chjan Deguan. Shu bilan birga u ShHT yo`nalishi bo`yicha Xitoyda o`qish istagida bo`lganlar soni yildan-yilga o`sib boraverishiga ishonch bildirdi. Chjan Deguan Sian universitetiga tashrif buyurib, o`zbek talabalari bilan yana bir bor uchrashishga va`da berdi.
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz