|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                Universitet


Ta'lim va kompyuter texnologiyalari.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'rtasida qiymati 339 ming yevroga teng shartnoma imzolandi -deya xabar qiladi O'zA Milliy axborot agentligi. Ushbu shartnomada universitet tomonidan axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari o'qituvchilariga texnik ta'lim berishda konsalting xizmatlari ko'rsatilishi ko'zda tutilgan. Shunisi e'tiborliki, Axborot texnologiyalari universiteti O'zbekiston va Germaniyadagi qator kompaniya va oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tgan yili e'lon qilingan xalqaro tender natijalariga ko'ra shartnoma ijrochisi etib tanlandi. Kollejlar o'qituvchilarining malakasini oshirish ishlari O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi Germaniya taraqqiyot banki (KfW) va ushbu mamlakatning Texnik hamkorlik jamiyati (GTZ) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta'limini rivojlantirishga ko'maklashish" loyihasi doirasida olib boriladi. O'zbekiston va GFR hukumati o'rtasida 1993 yil 28 aprelda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar jamg'armasi to'g'risidagi va 2001 yil 3 apreldagi Texnik hamkorlik to'g'risidagi ikkita shartnoma bu ishlarni amalga oshirishning asosi hisoblanadi. 2003 yilning fevralida loyihani amalga oshirish uchun Germaniyaning KfW bankidan 7,6 million yevro miqdorida kredit va 1,023 million yevrolik grant olindi. Xorijlik mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizda ta'limni rivojlantirishga bu tarzda yordam berilishi O'zbekistonning ushbu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan bog'liq. Bugun butun dunyo Kadrlar tayyorlash milliy dasturining samaradorligini tan olmoqda. Respublikada ilg'or xalqaro standartlarga javob beradigan va eng yaxshi mahalliy tajribaga asoslangan ta'lim tizimi tashkil etildi. Loyiha doirasida mamlakatimizning turli hududlarida axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha eng zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 14 ta ixtisoslashgan kollej tashkil etildi. O'quv rejalari va dasturlari takomillashtirildi, yangi turdagi o'quv-uslubiy qo'llanmalar va darsliklar ishlab chiqildi hamda bugungi kunda ular keng qo'llanmoqda. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazida loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larni sarflashga puxta yondashilib, ta'lim jarayoniga zarar yetkazmay 3,2 million yevro tejab qolindi. Endi buning evaziga mazkur yo'nalishdagi yana 10 ta kollej eng yangi axborot-kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanadi. Rivojlanib borayotgan iqtisodiyotimiz jahon andozalari darajasidagi malakaga ega raqobatbardosh mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda, - deydi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori A.Karimov. - Shu bois Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 2002-2010 yillarda Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq, mamlakatimiz kollejlarida dasturiy vositalar, ma'lumotlar bazasi, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va xizmat ko'rsatish hamda boshqa yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Bunda o'qituvchilar malakasini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki o'quvchilar bilimining sifati, avvalo, o'qituvchilarga bog'liq. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bu muhim vazifani o'z zimmasiga oldi. Oliy o'quv yurti va kollejlar bazasida 192 o'qituvchi qayta tayyorgarlikdan o'tadi. So'ngra ular joylarda o'z hamkasblari malakasini oshirish bilan shug'ullanadi. Kelgusi yilning iyunida respublikadagi kasb-hunar kollejlarini elektronika, dasturlash va biznes bo'yicha mutaxassislarning dastlabki bitiruvchilari tamomlaydi. Bu mamlakatimiz o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi uchun yangi ta'lim yo'nalishlari hisoblanadi. Biroq ish beruvchilar xalqaro talablar darajasida tayyorlangan bo'lg'usi mutaxassislarga hozirdanoq katta qiziqish bildirmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim berishda yetakchi hisoblangan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorligi bunday mutaxassislar bilimini oshirishga yordam beradi
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz