|Bosh sahifa |Yangiliklar |Universitet |Kutubxona |Galereya |Referat |Kurslar |Forum |Manzil|
   Ginnesning rekordlar kitobidan...
www.lessonuz.narod.ru
   Amerikada bepul o'qish mumkinmi?...
   Uyali telefon tarixi...

                Universitet


Qirollik Texnlogiya Instituti.

Kungliga Tekniska Hogskolan (Qirollik Texnlogiya Instituti) 1827 yii tashkil topgan va Svesiyaning eng yirik texnika universiteti xisoblanadi. KTH Svesiyaning butun muhandis va olimlarining uchdan bir qismini tayyorlaydigan oliy o'quv yurti hisoblanadi. KTH xalqaro universitet hisoblanib, dunyoning ko'pgina mamlakatlari bilan ilm va ta'lim sohasida hamkorlik qiladi. Bular asosan Evropa, AQSh, Avtraliya va Janubi-Sharqiy Osiyolardir. KTH va Stokholmdagi boshqa universitetlar bilan birgalikda Axborot Texnologiyalari Universitetini (AT-Universitet) tashkil etishgan. AT-Universiteti AT bo'yicha etakchi o'rinda turadi. Universitet Kista shahrida joylashgan bulib, soha bo'yicha shug'ullanuvchi kompaniyalar bilan yaqin masofada joylashgan. Microelektronika va Axborot Texnologiyalari kafedrasi (IMIT), QTI ning eng katta kafedralaridan biridir. IMIT fundamental fizika, materiallar fizikasi va optika, elektronika va yorug'lik moslamalari, elektron va kompyuter tizimlari bo'yicha ilmiy faoliyatini yuritadi. IMIT telekommunikasiya va axborot texnologiyalari sohasida yetakchi hisoblangan Stanford Universiteti bilan uzoq muddatli hamkorlik qiladi. Evropada, IMIT London Universiteti Colleji (University College of London), Barselona Texnika Universiteti (Technical University of Barcelona) va boshqalar bilan hamkorlikda ish yuritadi. KTH Mashinasozlik sohasida ham yetakchilardan hisoblanadi. Yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi Scania va Volvo, yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi SAAB va Volvo kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. KTHda kompyuterdan foydalanishga alohida urg'u berilgan. Bu yerda o'qiydigan talabalar doimo yangilanib turuvchi sohasi bo'yicha eng zo'r dasturlardan foydalanishni o'rganishadi. KTH tomonidan kontrakt egasi Lennart Yohansson (Lennart Johansson) 1990 yildan beri halqaro aloqalar bo'yicha qilib kelmoqda. Bundan oldin Mashinasozlik maktabi dekani lavozimida ishlagan. Ish davomida turli mutahassisliklar uchun yangi o'quv rejalari ishlab chiqish va tadbiq etishda qatnashgan. 1992 yildan KTH Halqaro aloqalar offisini (International office KTH) boshlig'i etib tayinlangan. Oxirgi sakkiz yil ichida G'arbiy va Markaziy Evropa, O'rta Osiyo bilan turli hil loyihalar bo'yicha ishlab kelmoqda. Tempus loyihalarida kontraktor va koordinator sifatida ham ishlash bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega. Moskvada Texnologiya uzatish markazi, Novopolotskda (Belarus) Talabalarni Qo'llash Hizmati markazi tuzish Tempus loyihalarida kontraktor va koordinator bo'lgan. Victor Kordas AT sohasida yuqori malakali mutahhasisdir. U Ukrainada ta'lim olgan, Rus tilida erkin gaplasha oladi. Internetda ishlash (Internetworking) bo'yicha KTH magistraturasini tugatgan va AT-Universiteti professorlari bilan yahshi aloqaga ega. Shvesiyaga kelishdan oldin u Ukrainada Microsoftning Direktori bo'lgan. Loyihada bulardan tashqari Mashinasozlik kafedrasidan: Professor Soren Andersson va Cornel-Mihai Nicolesku (Cornel-Mihai Nicolescu), Hisoblash Texnikasi kafedrasidan: Byorn Pehrson (Bjorn Pehrson)lar ham ishtirok etishadi.
    Ikkita qora va oq bir xil choy-
  naklar. Ularga 0ºCda suv solin-
  gan va bir xil xaroratda isitila   boshladi. Ma'lum vaqt o'tgan-
  dan keyin ular ichidagi suv
  qaynadi,ammo bir xil vaqtda
  emas. Bug' qora choynakning
  jumragidan,oq choynakning
  esa qopqogi orasidan chiqayap-
  di. Aytingche qaysi birida suv
  birinchi qaynagan va nima
  uchun?


Javobingizni yo'llang!

   Eng ommalashgan ilmiy   xatolar.
Eng ommalashgan ilmiy xatolar   Amerikadagi mash- hur Live Science   jurnali o'quvchilari orasida so'rov   o'tkazib,qanday ilmiy afsonalar   ommalashganini... To'liq...
   Tasodifiy kashfiyotlat.
Tasodifiy kashfiyotlat   Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun butun dunyoda omma- lashgan, turmushimiz- da,   fan-texnika soha- sida ulkan   burilish yasagan kash- fiyotlardan   ba'zilari tasodifan yoki turli   xatolar tufayli sodir bo'lgan ekan.   Ularning ayrimlari... To'liq...
   Muchalning kelib chiqish   tarixi.
Muchalning kelib chiqish tarixi O'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan vaqt birligi - muchal Sharq   tafakkuri mahsulidir. Muchal   bo'yicha yangi yil... To'liq...


Saytimizdagi ba'zi kamchiliklar uchun uzr so'raymiz.
©2007–O'zbekiston dbahroms@yahoo.com
Используются технологии uCoz