|
AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA XAFTALIGI.
|
2007 y. 25-29 mart kunlari Toshkent shahrida InfoCom 2007 - Axborot-kommunikatsiya xaftaligi utkaziladi. Mazkur xaftalik doirasida AKT soxasida faoliyat yuritayetgan maxalliy, xamda xorijiy kompaniyalarning sunggi yutuklari namoyen etiladi. Davlat tashkilot, ta'lim muassasalari, xamda xususiy kompaniyalar vakillari nafakat soxa mutaxassislari, balki keng ommada kizikish uygotadigan, AKTning iktisodiyotning turli soxalarini rivojlanishiga turtki beruvchi imkoniyatlarini, yangi yunalishlarini atroflicha muxokama kilishadi.Butun dunyo davlatlari kabi Uzbekistonda xam AKTning rivojlanishi ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotning strategik yunalishi tarzida belgilangan, soxaga sarmoya kiritish, xukukiy muxit yaratish, xamda kadrlar tayyorlash va ta'minlashda aloxida e'tibor kursatilgan. Bugungi kunda Uzbekiston muxim xukukiy va tashkiliy-iktisodiy tarakkiyet asoslarini belgilovchi konunchilik bazasiga, modernizatsiyalangan AKT infratuzilmasiga ega. AKT xaftaligini utkazish esa ushbu soxani rivojlantirish yulidagi yana bir muxim kadamdir.
AKT xaftaligi tashkilotchilari kuyidagilar: AKT va kompyuterlashtirishni rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtirish Kengashi, Oliy Majlis Konunchilik Palatasining axborot va kommunikatsion texnologiyalar masalalari buyicha Kumitasi, Uzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi, BMTning Rivojlanish dasturi nomidan "Uzbekiston xukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyesatini shakllantirish va joriy etishda kumak" Dasturi (ICTP), Uzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiyatsiyasidir.
AKT xaftaligini utkazishdan bosh maksad bu - AKT soxasida faoliyat yuritayetgan xukumat, jamoat va xalkaro tashkilotlarning sa'y-xarakatlarini birlashtirish, xamda AKT yutuklari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish va AKTni kullashdan manfaatdorlikni yanada oshirishning amaliy jixatlarini muxokama kilishdir.
InfoCom 2007 - AKT xaftaligi davomida kuyidagi tadbirar rejalashtirilgan:
-AKT Sammit 2007
-"ICTExpo 2007" axborot texnologiyalari Milliy ko'rgazmasi
-"Osiyo tillarini qayta ishlash va AT" Konferensiyasi
-AT Osiyeda rivojlantirish - ITPA 2007 Xalkaro anjumani
-AT Marafoni g'oliblarini rasmiy taqdirlash marosimi
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar buyicha miliy Sammit- AKT Sammit 2007
http://summit2006.ictp.uz
AKT Sammit 2007 - o'z doirasida AKT sohasida erishilgan yeng yirik yutuqlar, yangi yechimlar, xamda O'zbekistonda AKTni yanada rivojlanishtirish reja va dasturlarni namoyish qilishga bag'ishlangan "InfoCom 2006" AKT haftaligini ochib beruvchi tadbir.
Sammit AKTni rivojlanish siyosatini va tajribaviy tashabbuslarni yoritib berish uchun imkoniyat beradi. Bundan tashqari, Sammit jarayonida AKTni qo'llashning turlicha yo'llanishlari - elektron hukumat, elektron tijorat, elektron sog'liqni saqlash, elektron ta'lim va boshqa yo'llanishlari rivojlanish istiqbollari bo'yicha mulohaza yuritiladi.
Axborot Texnologiyalari buyicha birinchi Milliy kurgazma - "ICTExpo 2006"
http://www.ict.uz/exhibition
Tadbir Respublika "Uzkurgazmasavdo" savdo - yarmarka markazida 2007 yil 26-28 mart kunlari bulib utadi. Kurgazmada, xam biznes jamotchilik va xukumat organlari vakillari, xam axoli uchun muljallangan infokommunikatsion texnologiyalar bazasidagi barcha mavjud va istikbolli xizmat turlari namoyish etiladi. Unda milliy va chet el AT-kompaniyalari, telekommunikatsion jixozlarni yetkazib beruvchi korxonalar, ilmiy institutlar va ta'lim maskanlari, vazirliklar va idoralar vakillari ishtirok etadilar. Kurgazmani Uzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiyatsiyasi tashkillashtirmokda.
AT Osiyeda rivojlantirish - ITPA 2007 Xalkaro anjumani
http://www.itirc.org/itpa2007/
Arjumanni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti(TATU), Axborotni kayta ishlash Koreys jamiyati(KIPS) va Axborot texnologiyalarini internatsionallashtirish buyicha ilmiy-tadkikot markazi(ITIRC) tashkillashtirmokdalar. Tadbir 2007 yil 26 martida utkaziladi.
Anjumanning bosh maksadi - turli soxa tadkikotchilarini, ishlab chikaruvchi va foydalanuvchilarni Osiyoda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan tanishtirish, shuningdek axborot texnologiyalari soxasidagi eng sunggi tadkikotlarni va texnologiyalarni muxokama kilishdir.
"Osiyo tillarini qayta ishlash va AT" Konferensiyasi - ALPIT 2007
http://www.alpit.or.kr/
Arjumanni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti(TATU) va Axborotni kayta ishlash Koreys jamiyati(KIPS) tashkillashtirmokdalar. Tadbir 2007 yilning 28-29 mart kunlarida utkaziladi.
Anjumanning asosiy mavzusi - tillarni kayta ishlash jarayenida axborot texnologiyalari masalalari, shu jumladan tillarni kayta ishlash texnologiyalari, veb-ilovalar xamda multimediadir. Bundan tashkari, tadbirda elektron xukumat, elektron ta'lim xamda erkin va ochik kodli dasturiy ta'minot soxasilagi texnik tadkikotlarga xam aloxida e'tibor beriladi.
|
|
|
|